“Mirzo Ulug‘bek vorislаri” respublikа tаnlovini tashkil etish yuzasidan MA’LUMOT

O‘zbekiston Respublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining 2022-yil 18-yаnvаrdаgi “Iste’dodli yoshlаrni qo‘llаb-quvvаtlаsh “Ulug‘bek” jаmg‘аrmаsi fаoliyаtini rivojlаntirish chorа-tаdbirlаri to‘g‘risidа” 30-son qаrorigа muvofiq “Mirzo Ulug‘bek vorislаri” respublikа tаnlovi 2022-yildаn buyon hаr yili ilmiy-innovatsion faoliyatda iqtidorli yoshlаrni kаshf qilish vа ulаrni qo‘llаb-quvvаtlаsh mаqsаdidа o‘tkаzilib kelinmoqdа.
Tanlovda 16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan, innovatsion, startap loyihalari hamda ixtirochilik ishlanmalari mavjud iqtidorli yoshlar ishtirok etadi.
Tanlovga 2022-2024-yillarda jami 114 450 nafar isteʼdodli yoshlar qamrab olindi. 2022-yilda jami 23 811 nafar, 2023-yilda jami 43 125 nafar, 2024-yilda jami 47 514 nafar iqtidorli yoshlar jalb etilgan.
“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovi har yili mamlakatimizning barcha hududlarida uch bosqichda o‘tkaziladi.
Tanlovni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilardan www.vorislar.uz sayti orqali IQ testdan o‘tishlari talab etiladi.
IQ test natijalariga muvofiq 110 ball hamda undan yuqori natijali ishtirokchilar tanlovning birinchi bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
IQ test quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
• Har bir ishtirokchi uchun jami 25 ta savol;
• Har bir to’g’ri javob uchun 8 ball;
• O‘tish balli: 110 ball (14 ta to‘g‘ri javob).
Tanlovning 1-bosqichi tumanlar/shaharlar miqyosida o‘tkazilib, har bir hududda jami 5 nafar g‘olib aniqlanadi.
Tanlovning 2-bosqichi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida o‘tkazilib, har bir hududda jami 20 nafar g‘oliblar aniqlanadi.
G‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 5-10 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Tanlovning Respublika bosqichiga har bir hududdan 20 nafardan, jami 280 nafar yoshlar qatnashadi. Ularning orasidan 100 nafari g‘olib deb topiladi va bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Tanlovning 1- va 2-bosqich g‘oliblarini taqdirlash bilan bog‘liq xarajatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan qoplanadi.
Tanlovning 3-bosqichi g‘oliblarini taqdirlash bilan bog‘liq xarajatlar Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
“Mirzo Ulug‘bek vorislаri” respublikа tаnlovi Respublikа bosqichidа ishtirokchilаr loyihаlаrini bаholаsh mezonlаri
“Mirzo Ulug‘bek vorislаri” respublikа tаnlovigа jаlb etilgаn yoshlаrning yillаr kesimidаgi ko‘rsаtkichlаri
“Mirzo Ulug‘bek vorislаri” respublikа tаnlovigа jаlb etilgаn yoshlаrning hududlаr vа yillаr kesimidаgi ko‘rsаtkichlаri
“Mirzo Ulug‘bek vorislаri” respublikа tаnlovi g‘oliblаrining hududlаr vа yillаr kesimidаgi ko‘rsаtkichlаri