Astronom
Matematik
Algoritm
MIRZO ULUG'BEK
VORISLARI
tanlovida ishtirok eting
MIRZO ULUG'BEK

MIRZO ULUG'BEK
Mirzo Muhammad ibn Shohruh ibn Temur Ulug‘bek Qo‘rag‘oniy (1394-1449) - buyuk astronom va matematik, o‘z davrining atoqli allomasi va davlat arbobi.

MIRZO ULUG'BEK
Tanlov haqida
“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan, 16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan barcha yoshlar ishtirok etishi mumkin
Ushbu tanlov mamlakatimizda iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, ularni ilmiy-texnik faoliyatiga keng jalb qilish, iqtidorli yoshlarning, jumladan, olis hududlarda istiqomat qilayotgan yigit-qizlarning bilim, ko‘nikma va malakasini oshirish maqsadida respublikamizning barcha hududlarida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovini o‘tkazish rejalashtirilgan
IQ test topshiring va tanlovda
ishtirok eting



Tanlov bosqichlari
1-bosqich
Fevral-mart oylarida tuman (shahar)larda o‘tkaziladi va eng yuqori natijaga erishgan har bir tuman (shahar)dan 5 nafardan nomzodlar 2-bosqichga yo‘llanma oladi
2-bosqich
Aprel oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida har biridan eng yuqori natijaga erishgan 20 nafar nomzodlar navbatdagi bosqichga yo‘llanma oladi
3-bosqich
May oyida o‘tkaziladi va unda eng yuqori natijaga erishgan 100 nafar yosh tanlovning Respublika bosqichi g‘olibi deb topiladi
Statistika
35263
Ro’yhatdan o’tgan ishtirokchilar soni
8962
IQ Testdan muvafaqqiyatli o'tgan ishtirokchilar soni
21857
IQ Test topshirgan ishtirokchilar soni
793
Loyiha taqdimotini yuklagan ishtirokchilar soni
Andijon
0
Ro’yhatdan o’tgan ishtirokchilar soni
0
IQ Test topshirgan ishtirokchilar soni
tanlov g‘oliblarini taqdirlash
1-bosqich
g‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti va diplom bilan taqdirlanadi
2-bosqich
g‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti va diplom bilan taqdirlanadi
3-bosqich
g‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti va diplom bilan taqdirlanadi
Respublika bosqichi g‘oliblari Jamg‘arma tomonidan tashkil etiladigan maqsadli o‘quv kurslarida bepul tahsil oladi.
O‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlar hududlar bo‘yicha ishlab chiqarish tashkilotlari va tadbirkorlik sub’ektlariga ixtiyoriylik asosida biriktiriladi hamda “Yoshlar akademiyasi” va “Kelajak liderlari klubi”ga jalb etiladi.
Tashkilotchilar

Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulugbek” jamg‘armasi

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirlar kengashi

Toshkent shahar Hokimligi

Viloyatlar Hokimliklari